"Orol"da murabbiy o'zgardi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2018, 10:58
Nukusning "Orol" jamoasida murabbiy o'zgardi.

Jamoani yil boshidan buyon Quvat Tureev boshqarib kelayotgan edi. Klub futbolchilarining ma'lum qilishicha, jamoaga Nematulla Qutibaev qaytgan va endi u asosiy murabbiy vazifasini bajaradi.

Quvat Tureev ham jamoada qolgan. Eslatib o'tamiz nukusliklar Pro-Liga "A" guruhida 9 jamoa orasida eng so'ngi pog'onani band etib turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia