Origi “bo'rilar” a'zosiga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 dek 2020, 08:55
Divokning “Liverpul”dan ketishi kutilmoqda.

So'nggi xabarlarga ko'ra, Divok Origi qishki transferlar vaqtida “Liverpul”ni tark etadi. 25 yoshli hujumchi faoliyatini APLning boshqa bir klubi “Vulverxempton”da davom ettirishi mumkin. “Bo'rilar”dan belgiyalik forvard qiziqish mavjud.

Origi joriy mavsum “qizillar” safida 7 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Uning Mersisayd jamoasi bilan amaldagi kelishuvi 2024 yil 30 iyuniga qadar tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic