

"Bo'lib o'tgan voqeliklarni tushuntirib bo'lmaydi. Buni maktabda yoki futbolda boshqa yosh futbolchilar uchun namuna qilib ko'rsatish kerak. Bu yerda kim aybdor, kim aybsiz ekanligi muhim emas, doimo janjallarni hotirjamlik bilan hal qilish kerak.
Ilk navbatda klub obro'sini tushirganimdan afsusdaman. Muxlislar, klub ishchilari, jamoadoshlarim, rahbariyat - ushbu mavsumdan unchalik mamnun emaslar. Biroq har doim ham bu bahona bo'la olmaydi. Bunday holatlar "Real" kiyim almashtirish xonasi uchun yarashmaydi. Chunki bu klub - dunyoning eng ko'p muhokama qilinadigan klubi.
Internetda e'tiborni jalb qilish uchun istalgancha manosiz tarixlar ko'payib ketdi. Shu sababli barcha yozilganlarga ishonmasligingizni so'rab qolardim.
Endi kim nima degani-yu, kimning haq ekanligini isbotlash shart emas.
Oldinga harakat qilish vaqti keldi. Bor e'tiborimizni "Barselona"ga va mavsumning qolgan qismiga qaratamiz", - deb yozadi Chuameni.



