“Oq-tepa”: Yoshlarimiz bugun, asosiy jamoamiz ertaga o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
19 sen 2014, 15:09
Bugun-erta “Oq-tepa”ning ikki jamoasi ham maydonga tushadi.
Toshkent shahar birinchiligida qatnashayotgan “Oq-tepa-2” bugun chempionatning navbatdagi turida “Paxtakor-97” mehmoni bo'lsa, asosiy jamoamiz ertaga “Lokomotiv”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

Yoshlarimizning o'yini bugun “Chilonzor” sun'iy qoplamali maydonida 15:00da boshlansa, bosh jamoamizning uchrashuvi ertaga “Do'stlik” stadionida 16:30da start oladi. Aytish kerak, “Oq-tepa” – “Lokomotiv” jamoalari yangi mavsum arafasida ham “Do'stlik” o'yingohida nazorat o'yinida maydonga tushishgan, o'shanda nisbatan tajribali bo'lgan “temiryo'lchilar” 3:2 hisobida g'alaba qozongandi. Ertangi bahs ham chempionat davomida yuz bergan kichik tanaffusdan unumli foydalangan holda o'tkazilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz