"Oq-tepa": Toyloqov ketdi, endi “Bunyodkor-2” bilan o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
6 avg 2015, 18:58
Jamoamiz mavsumning ikkinchi qismiga jiddiy tarzda hozirlik ko'rmoqda.

Murabbiylar shtabi mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan futbolchilarni kuzatishda davom etishmoqda. Ma'lum muddat yig'inda qatnashgan Omad Toyloqovga javob berildi. Rejaga ko'ra, jamoamiz 9 avgust kuni “Bunyodkor-2” bilan sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazadi. O'yin “Oq-tepa” stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Aytish kerak, jamoamiz a'zolari kuni kecha Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida tibbiy ko'rikdan o'tishdi.


 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz