O'Nil: "Kuman - ayblovlar ustasi"

Aslanov Jasurbek
1 apr 2017, 11:41
Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Martin O'Nil "Everton" ustozi Ronald Kumanning tanqidiga javob berdi.

Oldinroq Kuman O'Nilni yarim himoyachisi Jeyms Makkartining jarohatida ayblagan edi.

"Everton" bosh murabbiyi, ayblovlar ustasi, meni va Jeyms Makkartini taqnid qildi. Jeyms Yevropa chempionatida juda yaxshi o'ynadi. Keyin u "Everton"ga qaytdi va 11 kundan so'ng o'zining ilk o'yinini o'ynadi. Qisqa vaqt ichida yana 2 ta uchrashuvd maydonga tushdi. Bu ortiqcha yuklama emasmi? "Everton" menejeri va uning tibbiy xodimlari o'z ishlari ustida o'ylab ko'rishlari kerak" - deydi O'Nil.

Kuman O'Nilning bu so'zlariga javob berishga ulgurdi.

"Jeyms Makkarti Irlandiya terma jamoasi Evroni tark etganidan 3 hafta o'tib mavsumoldi tayyorgarlikni boshladi. Ustadan" - deydi Kuman "Tvitter"da.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian