
Moldova milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ivan Karas 6 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan Jaxon Chempionati-2014 saralash uchrashuvlari doirasida Angliyaga qarshi kechadigan o'yin oldidan kengaytirilgan ro'yxatni e'lon qildi. Ushbu ro'yxatdan Lokomotiv klubi a'zosi Aleksandru Onika ham o'rin olgan. Onika bugun erta tongda Toshkent-Istanbul-Kishinyov reysi orqali Moldovaga uchib ketdi. Moldova terma jamoasi 1 sentyabr o'z qarorgohida yig'iladi va Angliya terma jamoasiga qarshi tayyorgarlikni boshlaydi.
Ushbu uchrashuv 6 sentyabr kuni Londondagi Uembli stadionida o'tkaziladi. Aleksandr Onika va Moldova terma jamoasiga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz!