Onananing diskvalifikaciya muddati qisqartirildi

Eldor Akmurzayev
10 iyun 2021
Sport arbitraj sudi (CAS) “Ayaks” posboni Andre Onananining diskvalifikaciyasini qisqartirdi.

Endi kamerunlikning jazo muddati 12 emas, 9 oyni tashkil etadi. Shu tariqa, u 3 noyabr kuni maydonga qaytishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 2020 yil 30 oktyabrda 24 yoshli o'yinchining tahlili tekshirilgan va unda antidoping qoidalariga to'g'ri kelmaydigan furosemid moddasi aniqlangan edi.

Avvalroq, "Arsenal" Onanani transfer qilmoqchiligi haqida xabar bergandik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Associated Press