Onana jarohat oldi

Mirjalol Normatov
19 noya 2023
"Manchester Yunayted" posboni Andre Onana Kamerun termasi tarkibida jarohat oldi.

U JCH-2026 saralashi doirasida Mavrikiy termasiga qarshi o'yinning 81-daqiqasida mushaklarini cho'zib olishi sababli maydonni tark etdi. Bugun Kamerun futbol federatsiyasi ushbu jarohatni tasdiqladi. Oldinroq Onananing elkasi jarohatlangan deb ma'lumot berilgandi.

Ushbu mavsumda Onana MYU tarkibida 18 o'yinda qatnashib, 30 gol o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/LIndomptables