Omadsiz yubiley, "Siti"ning 3 bo'limlik seriyasi va boshqalar - Manchester derbisidan keyingi faktlar

Mirjalol Normatov
14 yanv 2023, 21:10
APLning 19-turi doirasidagi Manchester derbisidan keyingi bir qancha faktlarni e'tiboringizga taqdim qilamiz.

Bahsda mankunianliklar 2:1 hisobidagi irodali g'alabaga erishdi.

- Bu "Manchester Yunayted"ning barcha turnirlardagi ketma-ket to'qqizinchi g'alabasi. Navbatdagi bahsda jamoa "Kristal Pelas"ga qarshi o'ynaydi

- Pep Gvardiola jamoasi so'nggi 2 o'yinda atigi bir marta raqib darvozasi tomon aniq zarba yo'lladi

- Yani, "Manchester Siti" ketma-ket uch taym mobaynida biror marta darvozaga aniq zarba bera olmadi.

- Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi yubiley 500-o'yinida mag'lub bo'ldi

- Markus Reshford JCHdan qaytganidan keyingi barcha ettita o'yinida gol urmoqda

- "Manchester Yunayted" ketma-ket to'rtinchi o'yin deganda "Manchester Siti"ni mag'lub etdi

- Xoland so'nggi uch o'yinida birorta gol ura olmadi

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia