
FIFA tomonidan eng yaxshi deb topilgan futbolchiga sovrin taqdim etiladi. O'tgan yilgi "Oltin to'p" sohibi "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu.
Taqdirlash marosimida eng yaxshi futbolchi ayol, eng yaxshi murabbiy, eng chiroyli gol egasi, halol o'yin uchun sovrin egasi, yil ramziy terma jamoasi aniqlanadi.