

Taqdirlash marosimi esa 2 dekabr kuni Parijdagi Shatle teatrida o'tkaziladi.

Chelsining sobiq hujumchisi Dide Drogba esa ushbu nufuzli mukofotning rasmiy elchisi sifatida tayinlandi.

Shuningdek, bo'lajak marosim vaqtida eng yaxshi ayol futbolchi (20 nafar da'vogar orasidan tanlanadi) uchun Oltin to'p, 21 yoshgacha futbolchiga topshiriladigan maxsus sovrin (10 nafar da'vogar orasidan tanlanadi) taqdim etiladi.

Yana qo'shimcha sifatida France Football mazkur yildan boshlab eng yaxshi darvozabonga Lev Yashin sovrinini (10 nafar da'vogar orasidan tanlanadi) topshiradi.

Eslatib o'tamiz, 2018-yilning eng yaxshisi nomi Real hamda Xorvatiya termasi yarim himoyachisi Luka Modrichga nasib etgandi.




