Oltin dublga qaramasdan "Olimpiakos" murabbiyni iste'foga chiqardi

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2015, 17:12
Gretsiyaning "Olimpiakos" klubi bosh murabbiy Vitor Pereyrani iste'foga chiqardi.

Pereyra qishdan beri jamoani boshqarib kelyapti va yarim yildan so'ng ishdan bo'shatildi. U klub bilan Gretsiya chempionligini va mamlakat Kubogini qo'lga kiritdi. Ma'lumotlarga ko'ra, Pereyra "Glazgo Reynjers" bilan muzokara o'tkazib "Olimpiakos" rahbarini jahlini chiqargan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com