"Oloy" klubi prezidenti: "O'zbekiston terma jamoasining markazi juda kuchli"

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2019
Qirg'izistoning "Oloy" klubi prezidenti Said Omatov Turkmaniston - O'zbekiston uchrashuvini "Rashid" stadionidan kuzatdi.

O'yin tugagach u o'z fikrlarini bildirdi.

"O'zbekiston bugungi o'yinda juda yaxshi o'ynadi. Ayniqsa markazdagi futbolchilar yaxshi harakat qilishdi. Menga Sidiqov va Ahmedovning harakatlari yoqdi. O'zbekiston finalda o'ynasa bu katta yutuq bo'ladi, bu borada omad tilayman", - deydi Said Omatov.

Akramjon Mamadaliev yozib oldi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia