"Olmaliq" - Toshkent viloyati kubogi sohibi!

Narzulla Saydullayev
10 sen 2015, 18:56
Bugun Toshkent viloyati kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Toshkent viloyatidagi "Ahmad Yassaviy" (sobiq "Sverdlov") stadionida o'tgan hal qiluvchi bahsda Bo'ka tumanining "Bo'kalik" va "Olmaliq" farm klubi ishtirok etdi. O'yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. G'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasida omad "Olmaliq"qa kulib boqdi. O'tgan yil finalda imkoniyatni boy berib qo'ygan jamoa bu yil nihoyat kubokni qo'lga kiritdi. 

O'yin tugagach taqdirlash marosimi o'tkazildi. Unda viloyat futbol Federatsiyasi rahbarlari, Olimpiya zaxiralari sport kolleji rahbariyati, sport jamoatchiligi, jurnalistlar ishtirok etishdi.  

Shu bilan birga viloyat ikkinchi ligasida sovrindor bo'lgan jamoalar ham taqdirlanishdi. "Ohangaron" jamoasi birinchi, "Bo'kalik" ikkinchi, Olmaliq shahrining "Metallurg" klubi uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Kubok sohibi bo'lgan "Olmaliq" esa chempionatni 6-o'rinda tugatdi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia