"Olmaliq", "Paxtakor" va "Lokomotiv" birinchi davrada uyda yutqazishmadi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2015, 11:40
Yana ikkita o'yindan so'ng oliy ligamizda dastlabki davra rasman yakuniga etadi.

Birinchi davrada uchta klub o'z maydonidagi o'yinlarda umuman mag'lub bo'lmadi.

"Olmaliq" va "Paxtakor" o'z uyida 8tadan o'yin o'tkazishdi. Bu klublar 7ta g'alaba va 1ta durang qayd etishdi.

"Lokomotiv" 7ta uchrashuvning 6tasida zafar quchdi va 1 bor durang o'ynadi. 

O'z maydonida eng ko'p mag'lubiyat qayd etgan jamoa bu "Buxoro" bo'ldi. Musobaqa jadvalining eng so'nggi pog'onasini egallab turgan klub o'z uyida 5 marta yutqazgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia