
Uch hafta davomida "Olmaliq" Belorussiya futbol federatsiyasiga tegishli "Futbol akademiyasi" turargohida istiqomat qiladi. Mashg'ulotlar akademiyaga tegishli maydonlarda olib boriladi. Jamoa rejasida mashg'ulotlar bilan birga 4ta o'rtoqlik o'yini o'tkazish rejalashtirilgan. Jamoamizning ilk o'yini 10 iyul kuni Novopolockning "Naftan" jamoasiga qarshi o'tkaziladi.