Oliy liga. "Qizilqum"ning "gol-mashinasi"

19 avg 2016, 14:45
"Qizilqum" jamoasining davralar oralig'ida xarid qilgan hujumchisi serbiyalik Nemanya Yovanovich gollar urishdan to'xtamayapti.


"Andijon" klubidan "Qizilqum"ga o'tgan Nemanya Yovanovich ikkinchi davra o'yinlarini golsiz tugatmayapti.

Yovanovich yangi jamoasi safida o'tkazgan 5 uchrashuvda jami 5ta gol kiritishni uddasidan chiqdi.

Hujumchi faqatgina Oliy liganing 13-tur doirasidagi qoldirilgan o'yin "Loko"ga qarshi bahsda gol urolmagandi.

Shundan so'ng, Yovanovich ikkinchi davradagi barcha bellashuvda raqiblar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.

Nemanya ketma-ket 4 o'yin: "Mashal", "Sho'rtan", "Olmaliq" hamda "Obod"ga qarshi bahslarda jami 5ta gol kiritdi va hozirda chempionat to'purarlari poygasida 10ta gol bilan 4-o'rinda bormoqda.

Oliy liga to'purarlari ro'yxatini "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov boshqarib bormoqda. Abduxoliqov hisobida 16ta gol mavjud.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia