Oliy liga final o'yinlari 11-14 may kunlari o'tkaziladi

Tolibjon Qosimov
10 may 2016, 19:38
Futzal bo'yicha XX milliy chempionatning yakuniy pallasiga yetib keldik.

Oliy liganing uchinchi o'rin uchun va final o'yinlari 11-14 may kunlari bo'lib o'tadi. Uchinchi o'rin uchun Qarshining "Do'stlik-AIN" hamda Toshkentning "Bunyodkor" jamoalari o'zaro kurash olib borishsa, finalda amaldagi chempion Toshkent viloyatining "Olmaliq" hamda Toshkentning "Ardus" klublari kuch sinashishadi.
Bronza medallari uchun o'yinlar 11 mayda boshlansa, chempionlik o'yinlariga 12 maydan start beriladi.

Har ikkala uchrashuvlar tomonlardan birining ikkita g'alabasiga qadar davom etadi.
Quyida bellashuvlar taqvimini e'tiboringizga havola etamiz:

Oliy liga

Uchinchi o'rin uchun
11.05.2016

16:00. "Do'stlik-AIN" - "Bunyodkor"

12.05.2016
Uchinchi o'rin uchun


16:00. "Bunyodkor" - "Do'stlik-AIN"

Final

18:00. "Ardus" - "Olmaliq"

13.05.2016
Uchinchi o'rin uchun


16:00. "Do'stlik-AIN" - "Bunyodkor"

Final

18:00. "Olmaliq" - "Ardus"

14.05.2016
Final


18:00. "Ardus" - "Olmaliq"

Barcha uchrashuvlar "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston chempionatining amaldagi g'olibi Aleksandr Petrov boshchiligidagi "Olmaliq" jamoasi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz