Oliy liga. 7-turda eng ko'p tomoshabin qaysi stadionga keldi?

Narzulla Saydullayev
23 apr 2017, 11:51
Kuni kecha oliy liganing 7-turidan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tdi.
Ushbu turda 8ta uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionlarga jami 41641 nafar muxlis tashrif buyurgan. Yani har bir o'yinga o'rtacha 5205 tomoshabin to'g'ri keldi.

7-turdangi eng ko'p tomoshabin Namangandagi "Markaziy" stadioniga keldi. 12705 muxlis "Navbahor" - "Sho'rtan" uchrashuvini tomosha qildi. Undan keyingi natija Buxoroda qayd etildi. "Buxoro" - "Mashal" o'yinini stadiondan 10572 tomoshabin tomosha qildi.

Eng kam muxlis esa Toshkentdagi "Bunyodkor" stadioniga keldi. "Bunyodkor" hamda "Dinamo" o'rtasidagi uchrashuvni 705 nafar odam kuzatib bordi. 



Oliy liga. 3-tur.


Oliy liga. 7-tur
Navbahor (Namangan) – Sho'rtan (G'uzor) – 1:0. 12705 tomoshabin

Buxoro (Buxoro) – Mashal (Muborak) – 2:2. 10572 tomoshabin

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Metallurg (Bekobod) – 3:0. 8628 tomoshabin

So'g'diyona (Jizzax) – Neftchi (Farg'ona) – 0:1. 3351 tomoshabin

Olmaliq (Olmaliq) – Qizilqum (Navoiy) – 0:0. 2201 tomoshabin

Nasaf (Qarshi) – Obod (Toshkent) – 1:0. 2121 tomoshabin

Paxtakor (Toshkent) – Lokomotiv (Toshkent) – 1:2. 1358 tomoshabin

Bunyodkor (Toshkent) – Dinamo (Samarqand) – 1:1. 705 tomoshabin

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia