Oliy Liga 30-tur uchrashuvlari boshlanish vaqtlari belgilandi

Narzulla Saydullayev
8 noya 2016, 15:51
O'zbekiston Professional futbol ligasi 22-noyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Chempionati 30-turidan o'rin olgan etti uchrashuv boshlanish vaqtlarini belgiladi.
Paxtakor (Toshkent) - Obod (Toshkent), Qo'qon-1912 (Qo'qon) - Olmaliq (Olmaliq), Buxoro (Buxoro) - Sho'rtan (G'uzor), Nasaf (Qarshi) - Mashal (Muborak), Qizilqum (Navoiy) - So'g'diyona (Jizzax), Metallurg (Bekobod) - Neftchi (Farg'ona), Andijon (Andijon) - Navbahor (Namangan) uchrashuvlari soat 14:00da boshlanadi.

O'zbekiston Chempionati 29-tur uchrashuvlari uch kun davomida bo'lib o'tishini hisobga olib, O'zPFL mazkur uchrashuvlar boshlanish vaqtlarini qatiy tartibga solmaydi. Shunga qaramay, klublarga o'yinlarni xuddi 30-turdagi kabi kunduzgi vaqtda boshlash tavsiya etilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz