Oliy liga-2015 yakunlari. "Sho'rtan" haqida

Narzulla Saydullayev
12 dek 2015
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida ma'lumot berishni davom ettiramiz.

Bugun G'uzorning "Sho'rtan" klubi haqida ma'lumot beramiz.

Mavsum
Chempionatni Farg'onada "Neftchi" bilan durang o'ynab boshlagan "Sho'rtan" keyingi ikki turda o'z uyida g'alabalarga erishdi. Shu bois ham musobaqa jadvalida 3-pog'onada ham qayd etildi. Keyin o'yinlarda ochkolar yo'qotilishi natijasida 11-pog'onada tugatdi. Qizig'i 2015 yilgi mavsum tugaganida ham "Sho'rtan" aynan shu pog'onada qayd etildi. Agar jamoa bir nechta o'yinlarning so'nggi daqiqalarida himoyada tartibli o'ynay olaganida bundan ko'proq ochko jamg'argan bo'lardi.



Murabbiy
Muxtor Qurbonov bu yil ilk bor oliy ligada bosh murabbiy sifatida ishladi. O'tgan yil "Sho'rtan"ni birinchi ligadan elitaga olib chiqqan yosh murabbiy G'uzor jamoasini kurashchan kollektivga aylantira oldi. Qurbonov bir qator yosh futbolchilarga ham imkon berdi va tajribali futbolchilardan ham voz kechmadi.



Yetakchi
Dastlabki davrada jamoada Viktor Karpenko yetakchi edi. Aynan u hujumlarni boshlashda anchagina faol edi. Ikkinchi davrada Karpenko G'uzorni tark etdi. "Nasaf"dan "Sho'rtan"ga o'tgan Botir Qoraev uning o'rnini egalladi. Chap qanot himoyachisi deyarli barcha o'yinlarda to'liq o'ynadi.



Kashfiyot
Murod Rajabov. Mashhur aktyor bilan adash bo'lgan 20 yoshli futbolchi nafaqat "Sho'rtan"ning balki oliy liganing ham kashfiyotlaridan biri bo'ldi. Aynan klubdagi o'yinlari tufayli uni olimpiya terma jamoasi yig'inlariga ham taklif etishdi. Rajabov bu yil 16ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urishga erishdi. G'ulom Haydar G'ulomovni ham kashfiyot deb hisoblasak bo'ladi. Sababi bu yarim himoyachi birinchi ligada bir necha yillar davomida o'ynagan bo'lsada oliy ligada maydonga tushmagandi. Bu yil 24ta o'yinda ishtirok etgan G'ulomov 3 bor raqiblar darvozasiga yo'l topa oldi. Uning Toshkentda "Lokomotiv" darvozasiga urgan goli ko'pchilikning yodida turgan bo'lsa kerak.



Eng yaxshi o'yin
"Sho'rtan" - "Paxtakor" 1:1

Oliy liga debyutanti o'z maydonida chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Paxtakor"ni qabul qilganida ko'pchilik "sherlar"ning oson g'alabasini taxmin qilgandi. Biroq Muxtor Qurbonov boshchiligidagi jamoa o'z muxlislari qarshisida durang qayd eta oldi. O'yindagi hisobni maydon egalari himoyachisi Sarvar Jo'raev ochdi. Bunga mehmonlar safida Adnan Oraxovac javob berdi - 1:1.



Eng yaxshi futbolchi
Igor Taran. "Sho'rtan" hujumchisi aynan shu klub uchun yaralgan desak yanglishmaymiz. Sababi "Bunyodkor" va "Nasaf"da o'ynagan Taran o'zini u qadar yorqin tomonlama namoyish eta olmadi. "Sho'rtan"ga qaytgach yana to'purarlik mahoratini namoyish etib 26ta o'yinda raqiblar darvozasiga 10ta gol urishning uddasidan chiqdi. U "Neftchi" va "Navbahor" bilan o'yinlarda dublga erishdi.



Kim qancha o'ynadi?

FutbolchiAmplua      
Tug'.sanaO'yin    
Daqiqa   
Gol   
SK   
QK  
Eshmurodov UmarbekHim30.11.1992      
282473061
Boymatov EldorYahm17.11.1990282249340
Berdiev SuxrobYahm12.04.1990282236470
Taran IgorHuj29.12.19832621031040
Yahmvonov ZafarHuj19.02.1985261833610
Kamolov MirzakamolYahm11.08.1987261674210
Stanoevich DarkoHim12.04.1987252250240
G'ulomov G'ulom HaydarYahm21.12.1990241166320
Ubaydullaev LazizYahm28.07.1988221739030
Aliqulov AsrorHim12.09.1978191046010
Tojiboev EldorDar03.09.1986161395010
Rajabov MurodYahm07.07.199516633200
Sharipov SherzodHim01.03.1980151056050
Mamadaliev Sunnatulla**      
Yahm28.08.1989141240030
Qoraev Botir**Him08.04.1980141221020
Karpenko Viktor*Him07.09.1977141164410
Jo'raev Sarvarjon**Him23.12.198614948200
Klishin Viktor*Huj15.10.198213620000
Shodmonov SamandarYahm29.03.198612551100
Jo'raev Timur*Dar12.05.198411990020
Otaqulov Jamol*Him06.12.19859600030
Abdulov RomanDar10.05.19874315020
Rahmonov G'ulomYahm18.12.1989333010
A'zamov Rustam M.*Him08.07.19922118010
Karimov OlimjonYahm08.07.1992124100


Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar

"Sho'rtan-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar30
Gollar42
Uydagi gollar24 (57,14%)
Mehmondagi gollar18 (42,86%)
O'tkazilgan gollar53
Uyda o'tkazilgan gollar21 (39,62%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar32 (60,38%)
O'rtacha gol1,4
O'rtacha o'tkazilgan gol 1,77
Uydagi ochkolar23/45 (51,11 %)
Mehmondagi ochkolar10/45 (22,22 %)
Eng yirik g'alaba4:1 - "Buxoro", "Neftchi"     
Eng yirik mag'lubiyat0:4 - "Lokomotiv"
"Quruq" o'yinlar7 (23,33%)
Gol ura olmagan o'yinlar7 (23,33%)
Irodagi g'alaba2
Yirik g'alabalar3
Yirik mag'lubiyatlar4
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)2/2
Ogohlantirishlar (o'rtacha)54 (1,8)
Chetlatishlar (o'rtacha) 1 (0,03)
Maydonga tushganlar (legioner)             
25 (1 - 4%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)142550/4752
 

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Navbahor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Metallurg" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Qizilqum" haqida


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia