Oliy liga-2015 yakunlari. "Buxoro" haqida

Narzulla Saydullayev
17 dek 2015
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida ma'lumot berishni davom ettiramiz.

Bugun "Buxoro" klubi haqida ma'lumot beramiz.

Mavsum
"Buxoro" klubi uchun mavsum juda yomon kechdi. Jamoa dastlabki 14ta turda umuman g'alabaga erisha olmadi. Klub mavsum davomida 14-o'rindan tepaga chiqa olmadi. Faqat olti tur davomida "Buxoro" eng so'nggi 16-o'rinda bo'lmadi. Oxirgi turda "So'g'diyona" maydonida g'alabaga erishgan jamoa oliy ligada qolish vazifasini uddaladi.



Murabbiylar
Jamoani bu yil ikki murabbiy boshqardi. Aleksandr Mochinov boshchiligida jamoa 11ta o'yin o'tkazib 2ta durangga erishdi va 9ta bor mag'lub bo'ldi. Uning o'rniga tayinlangan Jamshid Saidov boshchiligida 19ta uchrashuvda 7 bor g'alabaga erishdi va 3 marta durang qayd etdi.



Yetakchi
"Buxoro" ikki davrani deyarli ikki tarkib bilan o'tkazdi. Jamoa sardori Suxrob Ne'matov haqiqiy yetakchi bo'ldi. Yarim himoyachi 29ta o'yinda maydonga tushib 5ta gol urishga erishdi.



Kashfiyot
To'g'ri Otabek Shukurov tanilganiga ancha bo'lib qoldi. Lekin oliy ligada Shukurov aynan mana shu mavsumda o'zini ko'rsatdi. Birinchi davrada "Bunyodkor" safida 2tagina o'yinda ishtirok etgan yarim himoyachi "Buxoro" safida 14ta o'yinda maydonga tushib ularning barchasida to'liq harakat qildi. Otabek oxirgi ikkita bahsda raqiblar darvozasiga gollar urishga erishdi. Uning "So'g'diyona" bilan uchrashuvda kiritgan to'pi yil goli nominaciyasida g'olib bo'lishga asosiy davogarlardan biri hisoblanadi.


Eng yaxshi o'yin
"So'g'diyona" - "Buxoro" 2:3

Oxirgi turdan oldin "Buxoro" 16-pog'onada edi. "So'g'diyona" bilan safardagi uchrashuvda g'alabaga erishsagina oliy ligada qolar edi. Uchrashuvning 4-daqiqada Otabek Shukurov, 7-daqiqada Suhrob Ne'matovning jarima to'pidan so'ng urgan gollari "So'g'diyona"ni shokka tushurib qo'ydi. Ikkinchi bo'limda Jasur Hakimov hisobni qisqartirdi. Jamoliddin Ubaydullaevning goli yana "Buxoro"ni ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib olishini taminladi. Akmal Abdurahmonovning goli faqat hisobni qisqartirdi xolos - 2:3. "Buxoro" ushbu g'alabadan so'ng 16-o'rindan 14-o'ringa "sakradi" va oliy ligada qolishni uddaladi.



Eng yaxshi futbolchi
Aziz Ibragimov. Yarim himoyachi faqat ikkinchi davradagina "Buxoro"da o'ynadi. Lekin bu uning klubning eng yaxshi futbolchisi bo'lishiga to'sqinlik qila olmadi. 14ta o'yinda ishtirok etgan Ibragimov raqiblar darvozasiga 6ta gol urdi.



Kim qancha o'ynadi?

FutbolchiAmplua        
Tug'.sanaO'yin      
Daqiqa     
Gol    
SK   
QK   
Ne'matov SuxrobYahm23.04.1986      
292326550
Ubaydullaev Jamoliddin      
Yahm25.05.1992281691420
Narzullaev OtabekYahm25.06.1985262268140
Ponamaryov VyacheslavHim02.01.1978171000020
Hasanov JamshidYahm06.04.199217928131
Akbarov Saidkomil*Him30.12.1982151350030
Melziddinov Ruslan**Yahm26.03.1985151277230
Plamadela Vitaliy*Yahm21.01.1985151205030
Omonov BobirjonHim03.02.1990151156030
Shukurov Otabek**Yahm22.06.1996141215200
Ibragimov Aziz**Yahm21.07.1986141183621
Smolyachenko Pavel**Huj01.12.1991141068030
Chipev Nikolay**Yahm22.02.198914980010
Qobuljonov Sardor**Dar02.02.1987131170010
Fomin Maksimilian**Him21.09.1993131170151
Kravchesku Vadim*Yahm07.03.1985131141030
Abibullaev Dilyaver*Yahm04.03.198713684220
Korneychuk AleksandrDar30.10.1979121080010
Murodov Marufxon**Yahm11.03.199012582000
Sanaev Alisher**Yahm16.06.198711989330
Xaushi Bogdan*Him29.09.198510815141
Asqarov Hasan*Him17.04.199410634040
Isroilov Otabek*Huj07.12.19899433040
Umurov NozimHuj03.06.19918245010
Kochnev Evgeniy*Him03.12.19927353110
Xoliqov IslomYahm20.02.19957307000
Georgiev Sergey**Yahm20.10.19916461230
Umarjonov Ahror*Yahm26.09.19936341000
Tojiev Zayniddin*Huj21.06.19776259000
Turdaliev Farrux*Dar07.06.19905450000
Ayupov Timur**Huj28.03.19935224010
Rahmatullaev Alibobo*Yahm08.02.19915212000
Aslanov RavshanYahm04.02.1990476000
Turdiev Temur*Him02.10.19812114000
Davlatov Nodir**Huj03.07.1990253000
Sharipov AzamatYahm23.05.1993190000
Antonyuk Maksim**Yahm15.01.1991157000
Narzullaev Bahrom*Huj16.09.1993114000
To'raev AkobirHuj03.11.199618000
Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Buxoro-2015" mavsum statistikasi

Vsego igr30
Vsego zabito31
Zabito doma18 (58,06%)
Zabito v gostyax13 (41,94%)
Vsego propushheno53
Propushheno doma25 (47,17%)
Propushheno v gostyax28 (52,83%)
Zabito v srednem za igru1,03
Propushheno v srednem za igru1,77
Nabrano ochkov doma17/45 (37,78 %)
Nabrano ochkov v gostyax9/45 (20 %)
Samaya krupnaya pobeda3:1 - "Mashal", "Neftchi"
Samoe krupnoe porajenie0:4 - "Olmaliq"
Igr bez propushhennyx golov3 (10%)
Igr bez zabityx golov11 (36,67%)
Volevyx pobed0
Volevyx nichix2
Bezvolnyx porajeniy2
Bezvolnyx nichix2
Krupnyx pobed0
Krupnyx porajeniy3
Avtogolov (zabito/propushheno)0/2
Preduprejdeniy (v srednem)67 (2,23)
Udaleniy (v sr.) - Srazu/2JK4 (0,13)
Igrokov vystupalo (inostran.)            
39 (6 - 15,38%)
Poseshhaemost (vsego/srednyaya)226979/7566


Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Navbahor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Metallurg" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Qizilqum" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Sho'rtan" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Qo'qon-1912" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Andijon" haqida


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia