

Eng ko'p sariq kartochkani "Navbahor" futbolchilari olishdi. Namangan klubi a'zolariga jami 82ta sariq kartochka ko'rsatildi.
Keyingi o'rinlarni "Andijon" (75ta sariq) va "Olmaliq" (74ta sariq) jamoalari band etishdi.
Eng kam sariq kartochkani esa "Paxtakor" va "Lokomotiv" klubi futbolchilari olishdi. Oltin va kumush medal sohiblari bir xil 47 martadan ogohlantirilishdi.
Qizil kartochkalar borasida gap ketganida "Olmaliq" bu borada "chempion" bo'ldi. 2014 yil bironta qizil kartochka olmay "Feyr Pley" sovrinini qo'lga kiritgan jamoa a'zolari bu yil 6 marta qizil kartochka olishdi.

"Qizilqum", "Metallurg" va "Sho'rtan" futbolchilari esa eng kam, bir martadan qizil kartochka olishdi.
Bu yilgi "Feyr Pley" sovrini 54ta sariq va 1ta qizil kartchoka olgan "Sho'rtan" jamoasiga topshirilishi kutilmoqda.

3ta qizil kartochka olgan Evgeniy Gogol
Alohida futbolchilarga to'xtaladigan bo'lsak "Olmaliq" sardori Evgeniy Gogol mavsum davomida 3ta qizil kartochka oldi. Ikkitadan qizil kartochka olgan futbolchilar: Bahrom Abdurahimov ("Nasaf"), Sanjar Asqaraliev ("Andijon"), Akmal Xolmurodov ("Dinamo"), Boburjon Akbarov ("Navbahor"), Siroj Hamroev ("Mashal"), Vohid Shodiev ("Bunyodkor") va Mansur Saidov ("Mashal").
Sariq kartochka olish bo'yicha rekordchilar Ibrohim Otaxonov ("Andijon"), Ulug'bek Baqeov ("Navbahor") va Mikita Bukatkin ("Mashal") 11 martadan ogohlantirilishdi.

Vohid Shodiev 2 marta qizil kartochka oldi
| Klub | Sariq | Qizil |
| "Olmaliq" | 74 | 6 |
| "Navbahor" | 82 | 5 |
| "Neftchi" | 65 | 5 |
| "Dinamo" | 59 | 5 |
| "Andijon" | 75 | 4 |
| "Buxoro" | 67 | 4 |
| "Qo'qon-1912" | 62 | 4 |
| "Bunyodkor" | 60 | 4 |
| "Mashal" | 69 | 3 |
| "Nasaf" | 54 | 3 |
| "Paxtakor" | 47 | 3 |
| "So'g'diyona" | 62 | 2 |
| "Lokomotiv" | 47 | 2 |
| "Qizilqum" | 67 | 1 |
| "Metallurg" | 61 | 1 |
| "Sho'rtan" | 54 | 1 |
Narzulla Saydullaev



