

"Yakuniy natijadan ko'nglimiz to'lmadi. Sababi biz g'alaba qozonib turgandik. Biroq uch ochkoni qo'ldan boy berdik. Uchrashuv yuqori tezlikda o'tdi. O'yin qiziqarliligi bilan muxlislar e'tiborini tortdi. Har ikkala jamoalar ham bir qator xavfli vaziyatlarni sodir eta olishdi. Safar o'yinlarida uchta to'p o'tkazgan holda g'alaba qozonish juda qiyin. Biz ikki marta hisobda orqada bora turib vaziyatdan chiqib keta oldik va xarakter ko'rsatdik. Biz "Liverpul"ga qarshi safarda yomon o'ynamadik, ammo yanada yaxshiroq o'ynasak bo'lardi", - dedi Jiru.



