Olimpiya harakati rahbarlari “Bunyodkor”da FOTO+VIDEO

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2015, 14:46
Bugun “Bunyodkor” stadioni olimpiya harakati rahbarlarini qabul qildi.
Shu kunlarda yurtimizda mehmon bo'lib turishgan xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax va Osiyo olimpiya kengashi rahbari Shayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabah O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Mirabror Usmonov xamrohligida “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni “Bunyodkor” FK prezidenti Bedil Alimov va boshqa mas'ul shaxslar kutib olishdi. Mehmonlar “Bunyodkor” stadionidagi O'zbekiston futboli tarixi muzeyi bilan tanishishdi. Stadionda yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirishdi. “Bunyodkor” futbol maktabi haqida ma'lumot olishdi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollarga matbuot anjumanida javob qaytarishdi.

MOK prezidenti O'zbekistonda xukumat tomonidan yosh avlodni sog'lom tarbiyalash uchun sportga qaratilayotgan yuksak e'tiborni alohida ta'kidlab o'tdi. Tomas Bax o'zbekistonlik sportchilarga Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tadigan olimpiada o'yinlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Osiyo olimpiya kengashi rahbari ham yurtimizdagi sog'lom turmush tarziga xavas bilan qarab, bu borada mamlakat rahbarlarining sayi harakatlariga to'xtalib o'tdi. Shayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabah o'zbek xalqi haqida gapirar ekan, bergan vadasini albatta bajarishini ta'kidlab o'tdi.

- O'z so'ziga vafo qiluvchi o'zbekistonlik hamkasblarimiz bilan hamkorligimizni yanada rivojlantirayotganimizdan xursandmiz, - deydi Shayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabah.

E'tiboringizga olimpiya harakati rahbarlarining “Bunyodkor” stadioniga tashrifi FOTOJAMLANMASI va videolavhasini taqdim etamiz.


TAS-IX


TAS-IX emas




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bunyodkor-stadium.uz