

Avvalroq "Paxtakor" Elit Chempionlar ligasi doirasidagi uy uchrashuvlarini Jar stadionida o'tkazishi haqida ma'lumot berilgandi. Mazkur musobaqaning ilk turida "Paxtakor" "Al Vasl" klubini qabul qiladi. Bellashuv 17-sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Shundan kelib chiqib, Superliga 18-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Metallurg" uchrashuvi Assotsiatsiya bilan kelishuv asosida 16-sentyabr kuni Do'stlik stadionida o'tkaziladi. U21 jamoalari ishtirokidagi o'yin esa 18-sentyabr sanasida Jar yordamchi maydonida bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.



