“Olimpik-farm” ishtirokidagi ikki uchrashuv sanasi o'zgardi

Iskandarov Abdulaziz
13 iyun 2023, 10:38
Birinchi ligada yana o'zgarish.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 15-19 iyun kunlari Toshkentda Turkiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi. Mazkur terma jamoa asosini “Olimpik-farm” klubi tashkil qilishi inobatga olinib, jamoaning 14 iyun kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan “Paxtakor-79” klubiga qarshi o'yini 29 iyun sanasiga qoldirildi. 

Shuningdek, musobaqaning 9-turi doirasidan o'rin olgan “Qumqo'rg'on-1977” - “Olimpik-farm” uchrashuvi avgust oyida bo'lib o'tadi. Bellashuvning aniq sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia