Olim Arifov va Shavkat Imomov ayollar o'rtasidagi JCH finalini tomosha qilishadi

Narzulla Saydullayev
1 iyul 2015
O'FF xodimlari Olim Arifov va Shavkat Imomov Kanadaga uchib kyetishadi.
Bugun tunda har ikki hamyurtimiz Toshkent-Seul-Tokio-Vankuver yo'nalishi bo'yicha Kanadaga yo'l olishadi. Ular 6 iyul kuni bo'lib o'tadigan jahon chempionati final uchrashuvini tomosha qilishadi. Bundan tashqari FIFA tomonidan tashkil etiladigan simpoziumda ishtirok etishadi. FIFA ushbu simpoziumga tashkilotga a'zo barcha davlat futbol federatsiyalari rahbarlarini taklif etgan.

Ma'lumot uchun, finalga AQSH ayollar terma jamoasi chiqdi. Ikkinchi finalchi nomi Yaponiya va Angliya o'rtasidagi bahsdan so'ng ma'lum bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia