Seminarni OFK Media departamenti boshlig'i Chetan Kulkarni olib bordi.
Seminarni O'FF Birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev va O'zPFL bosh direktori Farhod Magametov kirish so'zi bilan ochib berdi. Ushbu seminar klublarimiz matbuot xizmatlari faoliyatiga yordam beradi, foydali bo'ladi, deb umid qilamiz, - dedi O'zPFL rahbari.
O'zbekistonda shunday seminar tashkil etilgani va unga taklif etishgani uchun rahmat. Biz, OFKdagilar, O'zbekistonda shunday seminar tashkil etilayotganini bilib, juda ham xursand bo'ldik. Bunyodkor, Paxtakor, Nasafni Osiyoda hamma biladi, bugungi seminar qolgan klublarni tanitishga ham yordam beradi umididaman, - dedi Kulkarni.
Seminarning birinchi qismida OFK Media departamenti rahbari OAVni klublar ishtirokidagi o'yinlarda akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi va o'ziga xosliklari, volontyorlar bilan ishlash, futbol uchrashuvlarini tashkil etishda volontyorlar xizmatidan foydalanish, shuningdek, o'yindan avval, o'yin vaqtida va o'yindan keyingi tadbirlar vaqtida OAV xodimlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi.
OFKning minimal talablariga ko'ra, stadionda jurnalist uchun eng kamida stol, stul, elektr taminoti va Internet bo'lishi kerak. Kulkarnining aytishicha, eng minimal talablarni ham matbuot kotibi bir o'zi amalga oshira olmaydi, bunda klub rahbariyati ko'mak berishi kerak. Toki biz professional bo'lmoqchi ekanmiz, eng minimal talablarga javob berishimiz kerak, - dedi Kulkarni.
Seminarning ikkinchi qismida OAV bilan aloqalarni yo'lga qo'yish masalasiga alohida urg'u berildi. Kulkarnining tushuntirishicha, klubingiz haqida OAV qancha ko'p yozsa, qancha ko'p diqqat markazda bo'lsa, homiy topish ham shuncha oson bo'ladi. O'z navbatida, OFK Media departamenti boshlig'i Chetan Kulkarni matbuot kotiblariga o'z klublari veb-saytlarini ingliz tilida ham yuritishni tavsiya qildi.
Ingliz tilidagi sayt o'zbekchasi kabi to'liq va batafsil bo'lmasin, mayli. Klub haqida, o'yinchilar haqida ma'lumot bo'lsin, etarli. Xabarlar ham qisqacha berib borilsa, o'zbek futboliga qiziquvchi ingliz tilida so'zlashuvchilar uchun foydali bo'ladi, - degan Chetan Kulkarni, OAV va jamoatchilik bilan ishlashda Twitter, Facebook va boshqa shu kabi social media imkoniyatlaridan imkon qadar keng foydalanishni tavsiya qildi.
Seminar so'nggida uning ishtirokchilari – klub matbuot kotiblariga sertifikatlar topshirildi. Shu bilan bir kunlik seminar o'z nihoyasiga etdi.