Oliy liga. Tur ramziy terma jamoasi. Umumiy jadval

Narzulla Saydullayev
31 mar 2014, 15:50
Oliy ligamizda 3-tur bahslari ham yakuniga etdi.
Saytimizni diqqat bilan kuzatib borayotgan bo'lsangiz, bo'lib o'tgan har turdan so'ng tur ramziy terma jamoasini berib boryapmiz. 3-tur yakuniga etganidan so'ng umumiy jadvalni berishga qaror qildik.

Darvozabonlar borasida uch turda uch nafar darvozabon eng yaxshi deb topildi: Melnichuk, G'aniev va Makosin. Himoyachilardan esa hozircha eng ko'p “Paxtakor”dan uchta futbolchi termadan o'rin oldi. “Lokomotiv”, “Neftchi”, “Navbahor”ning ikkitadan o'yinchisi eng yaxshi himoyachilar qatoridan joy olgan.

Yarim himoya chizig'iga “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Mashal” va “Olmaliq”ning ikki nafar o'yinchisi kiritildi. “Nasaf”, “Qizilqum”, “Navbahor” va “Metallurg”dan esa bittadan o'yinchi munosib ko'rildi.

Endi hujumchilarga to'xtalamiz. Hali hech qaysi klubning hujumchisi ikki marta tur ramziy termasiga kiritilmadi. “Bunyodkor”, “Metallurg”, “Paxtakor”, “Olmaliq”, “Lokomotiv”, “Mashal” hujumchilariga ramziy termaga kirish nasib etdi. Endi navbat “Nasaf”, “Neftchi”, “Navbahor”, “Buxoro”, “Andijon”, “Qizilqum”, “Dinamo” singari klublarga yetib kelgan bo'lsa ajab emas.

Futbolchi (jamoa)Necha martaQaysi turda
Darvozabonlar
Andrey Melnichuk (“Dinamo”) 1 1
Timur G'aniev (“Andijon”) 1 2
Artyom Makosin (“Qizilqum”) 1 3
 
Himoyachilar
Boyan Miladinovich (“Paxtakor”) 1 1
Davron Hoshimov (“Paxtakor”) 1 2
Aleksandr Merzlyakov (“Paxtakor”) 1 3
Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”) 1 1
Bobur Yo'ldoshev (“Lokomotiv”) 1 2
Dilyorbek Ermatov (“Neftchi”) 1 2
Jahongir Jiyamurodov (“Neftchi”) 1 3
Yuriy Rijko (“Navbahor”) 1 1
Shukurali Po'latov (“Navbahor”) 1 3
Sherzod Sharipov (“Buxoro”) 1 1
Maqsud Karimov (“Nasaf”) 1 2
Sherzod Fayziev (“Mashal”) 1 3
 
Yarim himoyachilar
Karles Koto (“Bunyodkor”) 1 1
Dilshod Jo'raev (“Bunyodkor”) 1 2
Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”) 1 1
Kaxi Maxaradze (“Paxtakor”) 1 3
Zafar To'raev (“Mashal”) 1 1
Mirzohid G'ofurov (“Mashal”) 1 3
Zohir Pirimov (“Olmaliq”) 1 2
Sanjar Shoahmedov (“Olmaliq”) 1 3
Ilhom Yunusov (“Nasaf”) 1 1
Ruslan Vagapov (“Qizilqum”) 1 2
Mansur Saidov (“Navbahor”) 1 2
Shohnazar Norbekov (“Metallurg”) 1 3
 
Hujumchilar
Anvar Berdiev (“Bunyodkor”) 1 1
Shahzod Nurmatov (“Metallurg”) 1 1
Igor Sergeev (“Paxtakor”) 1 2
Sherzod Hakimov (“Olmaliq”) 1 2
Ivan Nagaev (“Lokomotiv”) 1 3
Zohir Qo'ziboev (“Mashal”) 1 3
 
Bosh murabbiylar
Yuriy Lukin (“Qizilqum”) 1 1
Baxtiyor Ashurmatov (“Navbahor”) 1 2
Samvel Babayan (“Paxtakor”) 1 3



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia