
26 fevral kuni ochiladigan seminarda Oliy Liga klublari mas'ullariga hujjatlarni rasmiylashtirish, infrazutilma bo'yicha talablar, moliyaviy masalalarni yuritish, marketing yo'nalishi bo'yicha ko'nikmalar beriladi, ishtirokchilarning savollariga javob beriladi.
Mashg'ulotlarni OFK vakillari Mahajan Vasudevan Nair (Hindiston), Ong Chong Heng (Malayziya), shuningdek, O'zPFLning licenziyalash bo'yicha menejeri Aleksey Frolov, marketing bo'limi boshlig'i Alisher Mo'minov olib boradi.
27 fevral kuni esa O'zPFLning licenziyalash qoidalari yuzasidan, O'zPFL rahbariyati va OFK vakillari ishtirokida, maslahatlashuvlar bo'ladi. Seminar o'z ishini shu kuni yakunlaydi.