Oliy liga. 8-tur. Eng ko'p tomoshabin Farg'onada

Narzulla Saydullayev
11 may 2015
9-10 may kunlari oliy liganing 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
8-turning 8ta uchrashuvini kuzatish uchun stadionlarga jami 43553 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir o'yinga o'rta hisobda 5444 nafar tomoshabin keldi deganidir. Turning eng ko'p tomoshabini “Neftchi” – “Dinamo” uchrashuviga keldi – 9674. Eng kam tomoshabin esa “Lokomotiv” – “Andijon” bahsiga tashrif buyurgan. Ushbu o'yinni ko'rish uchun TTYMI stadioniga 1432 nafar tomoshabin keldi.

Oliy liga. 8-tur

"Neftchi" - "Dinamo" 3:1 (9674 tomoshabin)
"Qizilqum" - "Qo'qon-1912" 3:1 (8806 tomoshabin)
"Navbahor" - "Nasaf" 1:1 (7299 tomoshabin)
"Sho'rtan" - "Olmaliq" 3:3 (5563 tomoshabin)
"So'g'diyona" - "Bunyodkor" 2:1 (5103 tomoshabin)
"Metallurg" - "Paxtakor" 1:2 (3326 tomoshabin)
"Mashal" - "Buxoro" 2:2 (2350 tomoshabin)
"Lokomotiv" - "Andijon" 2:0 (1432 tomoshabin)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia