Oliy liga-2014 yakunlari. Darvozasiga eng ko'p penalti belgilangan "Buxoro" haqida

Narzulla Saydullayev
25 noya 2014, 18:00
Har kuni oliy liganing bitta klubiga atalgan statistik ko'rsatkchilar saytimizda berib borilmoqda.
"Paxtakor", “Andijon”, "Lokomotiv", "So'g'diyona" va "Nasaf" klublari haqida ma'lumot berdik. Navbat ushbu mavsumda 12-o'rinni olgan "Buxoro" klubiga yetib keldi.
 
Jamoa tarkibida bu mavsum jami 32 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ulardan to'rt nafari legionerlar. Yarim himoyachi Vitaliy Plamadela 25ta o'yinda maydonga tushib jamoa eng ko'p o'ynagan futbolchiga aylandi. 3tadan gol urgan Predrag Vuyovich, Suhrob Ne'matov va Ulug'bek Baqoev jamoa to'purari bo'lishdi.

7 marta sariq kartochka olgan himoyachi Oybek Nurboev eng ko'p ogohlantirilgan futbolchi bo'ldi. "Buxoro"ning to'rtta futbolchisi qizil kartochka oldi. Aleksandr Korneychuk, Bahriddin Vahobov, Shukur Jumaboev va Umrillo Ramazonov mavsum davomida hakamlar tomonidan maydondan chetlatilishdi.  



Quyida jamoa safida maydonga tushgan barcha futbolchilarning statistik ko'rsatkchilari berilgan.

FutbolchiAmp.T.sana.O'yinDaqGolSKQK
Plamadela VitaliyYahm1/21/1985251938110
Korneychuk AleksandrDar10/30/1979231981031
Vuyovich PredragYahm8/20/1983231920350
Ne'matov SuhrobYahm4/23/1986231625340
Nurboev OybekHim5/3/1988211859170
Ubaydullaev JamoliddinYahm5/25/1992211492210
Vahobov BaxriddinHuj1/23/198318837221
Ilin IlyaHim9/29/198517978030
Aslanov RavshanYahm2/4/199016831010
Narzullaev Otabek**Yahm6/25/1985131170020
Raimqulov Shavkat*Him5/7/1984131125030
Asadov FirdavsHuj4/19/1993131013110
G'ulomxo'jaev Aziz*Him2/13/199011910040
Popovich Dmitriy**Huj8/5/198311840010
Boboqulov Feruz*Huj7/14/198611521230
Kvesieshvili Georgiy*Him12/1/198510884050
Asqaraliev Sanjar**Yahm1/20/198110735020
Rajabov Anvar**Huj1/23/198810544100
Ramazanov UmrilloHim2/18/199210538011
Baqoev Ulug'bekHuj11/28/19789800320
Akopyanc Andrey*Yahm8/27/19779223100
Sharipov SherzodHim3/1/19807605020
Kochnev EvgeniyHim12/3/19927388020
Hasanov JamshidYahm4/6/19926405120
Jumabaev ShukurYahm3/8/19896364021
Jo'raev NodirHim9/3/19805297000
Turdaliev FarruxDar6/7/19904356000
Isroilov OtabekHuj12/7/19894155110
Akbarov ElyorHuj7/28/1990348000
To'raev AkobirHuj11/3/1996279000
Hamdamov MurodilloHim4/9/1984131000
Umurov NozimHuj6/3/1991119000


* - birinchi davradan so'ng boshqa klubga o'tgan

** - ikkinchi davrada jamoaga kelgan


"Buxoro" bu yil bir marta yirik g'alabaga erishdi va to'rt bor yirik hisobda yutqazib qo'ydi. Safardagi o'yinlarda 6 ochko to'pladi. Oltita uchrashuvda raqiblar buxoroliklar darvozasiga gol ura olishmadi. 12ta o'yinda esa "Buxoro"ning o'zi gol ura olmadi. Mavsum davomida jamoa darvozasi tomon 8 marta penalti belgilandi. Shundan 3tasi golga aylantirildi. Qizig'i jamoa futbolchilari biron marta ham penalti tepishmadi.



Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.

O'yinlar26
Gollar23
Uydagi gollar16 (69.57%)
Mehmondagi gollar7 (30.43%)
O'tkazilgan gollar43
Uyda o'tkazilgan gollar15 (34.88%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar28 (65.12%)
O'rtacha gol0.88
O'rtacha o'tkazilgan gol 1.65
Uydagi ochkolar19/39 (48.72 %)
Mehmondagi ochkolar6/39 (15.38 %)
Eng yirik g'alaba3:0 - "Andijon"
Eng yirik mag'lubiyat0:5 - "Bunyodkor"
"Quruq" o'yinlar6 (23.08%)
Gol ura olmagan o'yinlar12 (46.15%)
Irodagi g'alaba0
Yirik g'alabalar1
Yirik mag'lubiyatlar4
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)1/2
Ogohlantirishlar (o'rtacha)60 (2.31)
Chetlatishlar (o'rtacha) 4 (0.15)
Maydonga tushganlar (legioner)32 (4)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)155673 / 5987



Buxoroliklarning mavsumdagi o'rtacha yoshi 28,3 ni tashkil etdi. Bu borada o'rtacha yoshi eng katta jamoa bo'ldi. O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempioni Akobir To'raev bu yil 17 yoshida jamoa safida maydonga tushdi va eng yosh futbolchiga aylandi. Firdavs Asadov gol urgan va sariq kartochka olgan eng yosh o'yinchi bo'ldi.

Ko'rsatkich

YoshFutbolchi

Eng yosh gol urgan

20,351Asadov Firdavs

Eng keksa gol urgan

36,278Akopyanc Andrey

Eng yosh maydonga tushgan

17,347To'raev Akobir

Eng keksa maydonga tushgan

36,299Akopyanc Andrey

Eng yosh sariq kartochka olgan

20,338Asadov Firdavs

Eng keksa sariq kartochka olgan

35,344Baqoev Ulug'bek

Eng yosh qizil kartochka olgan

22,178Ramazonov Umrillo

Eng keksa qizil kartochka olgan

34,284Korneychuk Aleksandr



Saytimiz xodimlari tomonidan Vitaliy Plamadela “Buxoro”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ulug'bek Baqoevni esa yil qaytishi deb topdik.

Ertaga "Bunyodkor" klubi haqida maqola kuting.
 

Narzulla Saydullaev 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia