Oliy liga-2014 yakunlari. 30 yoshga to'lgan "Mashal" haqida

Narzulla Saydullayev
28 noya 2014, 17:38
Har kuni oliy liganing bitta klubiga atalgan statistik ko'rsatkchilar saytimizda berib borilmoqda.
"Paxtakor", “Andijon”, "Lokomotiv", "So'g'diyona", "Nasaf", "Buxoro" va "Bunyodkor" klublari haqida ma'lumot berdik. Navbat ushbu mavsumda 5-o'rinni olgan "Mashal" klubiga yetib keldi.
 
Bir yillik tanaffusdan so'ng oliy ligaga qaytgan muborakliklar bu yil beshinchi o'rinni olishdi.

Jamoa safida 27 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ulardan bittasi legioner. Himoyachi Siroj Hamroev va hujumchi Zohir Qo'ziboev 24tadan o'yinda maydonga tushib jamoa eng ko'p o'ynagan futbolchilarga aylanishdi. 14ta to'p kiritgan Zohir Qo'ziboev jamoa to'purariga aylandi va oliy ligada ikkinchi bo'ldi.



Andrey Derkach va G'iyosjon Komilov 8 martadan sariq kartochka olib jamoada eng ko'p ogohlantirilgan futbolchilar bo'lishdi. Komilov va Abbos Omonov bu yil mavsum davomida hakamlar tomonidan bir martadan maydondan chetlatilishdi.  

Quyida jamoa safida maydonga tushgan barcha futbolchilarning statistik ko'rsatkchilari berilgan.

FutbolchiAmp.T.sana.O'yinDaqGolSKQK
Hamroev SirojHim5/26/1990242052170
Qo'ziboev ZohirYahm3/11/19862419841440
G'ofurov MirzohidYahm9/22/1988231972220
To'raev ZafarYahm7/1/1990231904440
Mamazulumov Mo'ydinYahm1/22/1984231459730
Fayziev SherzodYahm2/6/1992221900010
Komilov G'iyosjonHim3/11/1989221894181
Derkach AndreyYahm5/28/1985221866280
Hasanov JamshidYahm9/3/1988221381250
Shodmonov AbbosHim11/6/1988211676140
Abdumo'minov JahongirYahm2/9/1993211504130
Omonov AbbosYahm1/28/1988191253131
Quvvatov SanjarDar1/8/1990131170020
Nosirov BotirDar6/11/1985131170050
Shomurodov EldorYahm6/29/199510295000
Toshpo'latov IxtiyorYahm3/4/19938190000
Murtazoev BahodirHim7/31/19878151110
Shaymanov ShaxzodHim4/2/19927291010
Bahodirov QahramonYahm8/7/19887213010
Vaniev DilyaverHim9/4/19756397010
Shoyqulov IskandarHim4/26/19935299000
Quttiboev SalamatYahm5/21/19865272010
Narzullaev OtabekYahm6/25/19854161010
Shukurov OtabekYahm6/22/19964142000
Xolmurodov XolmurodYahm6/29/1994269000
Rahmatullaev Sirojiddin.Yahm1/22/1993128000
Dostonov ShoxruhYahm9/20/199317000


* - birinchi davradan so'ng boshqa klubga o'tgan

** - ikkinchi davrada jamoaga kelgan



"Mashal" bu yil uch marta yirik g'alabaga erishdi va uch bor irodali g'alabani qo'lga kiritdi. 6ta o'yinda jamoa o'z darvozasidan gol o'tkazgani yo'q. "Gazchilar" mavsum davomida eng yirik g'alabani qo'lga kiritgan jamoaga aylanishdi (6:1).

Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.

O'yinlar26
Gollar37
Uydagi gollar22 (59.46%)
Mehmondagi gollar15 (40.54%)
O'tkazilgan gollar42
Uyda o'tkazilgan gollar13 (30.95%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar29 (69.05%)
O'rtacha gol1.42
O'rtacha o'tkazilgan gol 1.62
Uydagi ochkolar24/39 (61.54 %)
Mehmondagi ochkolar12/39 (30.77 %)
Eng yirik g'alaba6:1 - "Andijon"
Eng yirik mag'lubiyat1:5 - "Bunyodkor"
"Quruq" o'yinlar6 (23.08%)
Gol ura olmagan o'yinlar9 (34.62%)
Irodagi g'alaba3
Yirik g'alabalar1
Yirik mag'lubiyatlar3
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)0/2
Ogohlantirishlar (o'rtacha)65 (2.5)
Chetlatishlar (o'rtacha) 2 (0.08)
Maydonga tushganlar (legioner)27 (1)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)103285 / 3972



Muborakliklarning mavsumdagi o'rtacha yoshi 25,6ni tashkil etdi. Otabek Shukurov 17 yoshida jamoa safida maydonga tushdi. Aynan u klubda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'ldi. 38 yoshli Dilyaver Vaniev maydonga tushgan va sariq kartochka olgan eng faxriy futbolchiga aylandi.

Ko'rsatkich

YoshFutbolchi

Eng yosh gol urgan

21,124Abdumo'minov Jahongir

Eng keksa gol urgan

30,205Mamazulumov Mo'ydin

Eng yosh maydonga tushgan

17,363Shukurov Otabek

Eng keksa maydonga tushgan

39,59Vaniev Dilyaver

Eng yosh sariq kartochka olgan

21,54Abdumo'minov Jahongir

Eng keksa sariq kartochka olgan

38,353Vaniev Dilyaver

Eng yosh qizil kartochka olgan

25,227Komilov G'iyosjon

Eng keksa qizil kartochka olgan

26,211Omonov Abbos



Saytimiz xodimlari tomonidan Zohir Qo'ziboev "Mashal”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Zafar To'raevni esa yil kashfiyoti deb topdik.

Ertaga "Dinamo" klubi haqida maqola kuting.
 

Narzulla Saydullaev 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia