
“Qizilqum”ning mavsumdagi o'rtacha yoshi 26ni tashkil qildi. Maydonga tushgan eng yosh o'yinchi Azamat Abdullaev bo'ldi. Andrey Vlasichev esa gol urgan hamda maydonga tushgan eng qari futbolchi bo'ldi. Klub tarkibida faqatgina Jalil Kimsanov qizil kartochka olgani uchun uning nomi ikkita joyda qayd etildi.
Saytimiz xodimlari tomonidan “Qizilqum”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb Fayzulla Qambarov tan olindi. Ikkinchi davrada jamoaga qo'shilgan Zafar To'raev esa eng foydali harid deb topildi.
27 noyabr kuni "Guliston" klubi haqida maqolalar beriladi. Biz bilan qoling.
Narzulla Saydullaev