Oliy liga 17-turidan oldingi taxminlar

Narzulla Saydullayev
25 avg 2013, 12:43
25-26 avgust kunlari O'zbekiston oliy ligasi 17-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Bu turda to'qnash keladigan jamoalar imkoniyatlarini chamalab chiqamiz.

25 avgust, yakshanba.
Navbahor (Namangan) – Dinamo (Samarqand)
Hakamlar:
V. Seytlin (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. To'xtasinov (Andijon)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).

Bu uchrashuv qiziq o'tishiga shubxa yo'q. Navbahorning o'yinlari turdan-turga ijobiy tomonga o'zgarmoqda. Chunki avvalgi turda jamoa safarda Sho'rtanni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'lgani buday deyishimizga sabab bo'ladi. Bu turda ular endi samarqandliklarni qabul qiladilar. Dinamoda esa vaziyat boshqacharoq. Ular avvalgi turda o'z maydonlarida Nasafga imkoniyatni boy berganliklari bois bu turda ochko olib qaytishga xarakat qilishi tayin.
Imkoniyatlar: 55-45

Buxoro (Buxoro) – Sho'rtan (G'uzor)
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Toshmuhamedov (Nukus)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

Bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvda Buxoroning imkoniyatlarini yuqoriroq baholasak xato qilmagan bo'lamiz. Chunki jamoa chempionat davomida bir tekis o'yin ko'rsatishga xarakat qilmoqda. Tachmurod Shamakovich shogirdlari har bir o'yinda bor kuchlarini berib o'ynashga urinmoqdalar. Bu esa o'z samarasini bermoqda. Avvalgi turda farg'onaliklar bilan xam tengma-teng o'ynashib mag'lub bo'lgan edilar. Sho'rtan ham boshi berk ko'chadan chiqib keta olganicha yo'q. Har bir turda raqiblar g'uzorliklardan ochko olishga muvaffaq bo'lmoqdalar. Bu turda xam bu anana davom etishi mumkin.
Imkoniyatlar: 55-45

Olmaliq (Olmaliq) – Metallurg (Bekobod)
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), R. G'opurov (Namangan), U. Karimov (Andijon), A. Mo'minov (Toshkent viloyati).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

Oliy ligamizning yetakchi jamoalari uchun bosh og'rig'i bo'la oladigan bu ikki jamoa Olmaliqda munosabatlarga oydinlik kiritib oladilar. Jamoalar bu o'yinga turli kayfiyatda yetib keldilar. Chunki ikkisi ham avvalgi turda grand jamoalarga karshi tengma-teng o'yin namoyish etgandilar. Bu o'yinlarda olmaliqliklar safardan g'olib holda kaytgan bo'lsa, bekobodliklar o'z maydonlarida mag'lub bo'lgandilar. Bu o'yinda ikki jamoa g'alaba uchun maydonga chiqishlari aniq. Toshkent viloyati derbisida jamoalarning imkoniyatlarini teng deb hisoblash o'rinli bo'lsa kerak.
Imkoniyatlar: 50-50

26 avgust, dushanba
Bunyodkor (Toshkent) – Neftchi (Farg'ona)
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), N. Ro'zimov (Toshkent), SH. Hakimov (Andijon)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).

Oliy liga 17-turning markaziy uchrashuvlaridan biri Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi. Bu jamoalarning avvalgi bahsida kichik hisobda poytaxtliklar g'olib bo'lgan edilar. Bu bahs farg'onaliklar uchun “Markaziy” o'yingohdagi so'nggi uchrashuv sifatida yodda qolgandi. Avvalgi turda ikki jamoa ham maydonni g'olib tarzda tark etgandilar. Shu boisdan bu uchrashuvda qiziqarli baxs guvohiga aylanamiz. Bunga shak-shubha yo'q.
Imkoniyatlar: 55-45

Guliston (Guliston) – Paxtakor (Toshkent)
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), T. Gaynulin (Toshkent), N. Boltaev (Navoiy)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

Gulistondagi bahs ikala jamoa uchun juda katt ahamiyat kasb etadi. Maydon egalari avvalgi turdagi yirik hisobdagi mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqargan holda, bu turda poytaxtliklardan ochko olishga harakat qilsalar ajabmas. Gulistonning ikkinchi davradagi bahslarida o'zining to'purarlik mahoratini yana esga olayotgan Mo'ydin Mamazulumov Paxtakorga qarshi o'yinda jamoasining g'alabasi uchun bor kuchini berishi aniq. Poytaxtliklar bu bahsga tushkun holatda yetib keldilar. Kubok doirasida Nasafga imkoniyat boy berildi. Jamoa chempionatda bir tekis o'yin namoyish etolmayapti. Lekin shunday bo'lsa ham Murod Ismoilov shogirdlari Gulistonda g'alaba uchun maydonga chiqishlari aniq.
Imkoniyatlar: 45-55

Qizilqum (Zarafshon) – Lokomotiv (Toshkent)
Hakamlar:
M. Ismoilov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent viloyati), O. To'ychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

Chempionat karvonboshisi va autsayderi o'rtasidagi bahs barchaning qiziqishiga sabab bo'lishi tayin. “Loko” safarda ochko yo'qotmaslikka harakat qiladi. Bu o'yinda Qizilqum raqibga etarlicha qarshilik ko'rsata oladi. Lokomotiv avvalgi baxsda yirik hisobda Gulistonni mag'lubiyatga uchratgandi. Lekin kubok doirasida Bunyodkorga imkoniyatni boy bergandi. Bu bahsda jamoalar g'alaba uchun maydonga tushishlari aniq.
Imkoniyatlar: 40-60

Nasaf (Qarshi) – So'g'diyona (Jizzax)
Hakamlar
: V. Kovalenko (Toshkent), V. Lushin (Guliston), S. Shoyusupov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi Nasaf bu turda So'g'diyonani qabul qiladi. Bu o'yinda qarshiliklarning imkoniyatlarini yuqoriroq baholayman. Chunki “ajdarlar” avvalgi turda ham, kubok doirasida ham faqat g'alabaga erishdilar. Jizzaxliklar ham safardan ochko olib qaytishga harakat qilishlari aniq.
Imkoniyatlar: 60-40

Bu faqat o'zimning shaxsiy qarashlarim. Unga qo'shilmaydiganlar ham bo'lishi aniq. Barchasini o'yinlar ko'rsatib beradi. Shunday ekan o'yinlarni tomosha qilishga taklif etaman. Kimda qanday fikr yoki takliflar bo'lsa bemalol fikr tarzida qoldirishlari mumkin. Barchaning fikri xurmat qilinadi.

Komiljon Ikromov tayyorladi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia