Olib sotarlar "Parma" - "Yuventus" bahsiga chiqarilgan chipta narxini 7 baravar qimmatga sotishmoqda

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2018, 15:01
"Parma" hamda "Yuventus" o'rtasidagi bahs muxlislar orasida ajiotajga sabab bo'ldi.

A Seriyaning 3-tur o'yinlaridan o'rin olgan bahs 2 sentyabr kuni "Ennio Tardini" stadionida bo'lib o'tadi.

Chiptalar sotib bo'lingan. Olib sotarlar chipta narxini etti baravarga ko'tarib yuborishdi. Darvoza ortidagi sektor uchun standart chipta narxi 25 evro, olib sotarlarda esa - 178 evro. Ushbu tribuna uchun mavsumiy abonement 190 evro turadi.

Narx oshishi boshqa sektorlarda ham kuzatildi. 60 evrolik chipta 200 evroga, 70 - 233ga, 100 - 386ga sotilmoqda. Eng qimmat chiptalarni (150 evro) 450 evroga xarid qilishingiz mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport