Oleg Tyulkin: "Xorazm"ning asosiy maqsadi birinchi ligada qolish"

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2016, 12:22
O'zbekiston birinchiligi 16-turidan o'rin olgan “UzDongJu” - “Xorazm” 2:1 bahsidan so'ng mehmonlar murabbiyi Oleg Tyulkinning fikrlari bilan qiziqdik:

“Birinchi bo'lim“UzDongJu” jamoasining to'liq ustunligida o'tdi ikkinchi bo'limda o'z  o'yinimizni ko'rsata oldik bir qancha vaziyatlar yaratdik. Lekin ulardan unumli foydalana olmadik. Shuningdek maydon egalarida ham vaziyatlar bo'ldi. Ochiq futbol guvohi bo'ldik. Uchrashuv menga yoqdi, menimcha muxlislarga ham yoqqan bo'lsa kerak. Ishqibozlar mana shunday hujumkor futbolni yoqtirishadi .

Jamoa oldiga qo'yilgan maqsad ligada jon saqlab kolish, jamoamiz tarkibida  ikki nafar tajribali o'yinchimiz bor qolganlari 1995-1998 yillarda tug'ilgan mahalliy yoshlardan  iborat - deya so'zini yakunladi Tyulkin.

“UzDongJu” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia