Ole-Gunnar Sulsher: "Reshford va Pogba - 11 metrlik jarima to'plari uchun mas'ul"

20 avg 2019, 20:32
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher kecha "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda Pogbaning penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirmagani haqida gapirib o'tdi.

"Biz penalti tepish uchun belgilab qo'ygan o'yinchilarimiz, bular Pogba va Reshford. Maydonda kim 11 metrlik jarima to'pini tepishni o'zlari hal qilishadi", - deydi Sulsher.

Qayd etish kerak, APL 2-turidan o'rin olgan "Vulverxempton" jamoasiga qarshi uchrashuv (1:1)ning 68-daqiqasida Pogba o'zi ishlab olgan penaltini golga aylantira olmadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: manutd.com