Ole-Gunnar Sulsher: "Lukakuga kelayotgan takliflarning birortasini ko'rib chiqayotganimiz yo'q, lekin..."

14 iyul 2019, 10:40
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulshaer hujumchi Romelu Lukakuning klubdagi kelajagi borasida fikr bildirdi.

"Mavsum boshlanganida hammasi ma'lum bo'ladi. Lukakuga kelayotgan takliflarning birortasini ko'rib chiqayotganimiz yo'q. Ammo, bo'layotgan barcha suhbatlarni sir saqlashga haqqim bor. Vada bera olamanki, suhbatimizning mohiyatini oshkor qilmayman", – deydi norvegiyalik mutaxassis.

Ma'lum bo'lishicha, "Inter" Lukaku uchun 70 mln. evro taklif qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: telegraph.co.uk