

Unga ko'ra,"OC" yil davomida Kurash, Velosport, Qilichbozlik va Suzish federatsiyalarining faoliyati hamda ular qayd etayotgan natijalarni huddi futboldagidek keng tartibda yoritib boradi.
Bugungi kunda ko'plab sport turlarimiz jahon arenalarida yurtimiz bayrog'ini hilpiratib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayaptilar. Afsuski, sportning ko'plab turlari soya ostida qolib ketayapti. Sayt tomonidan berilgan taklifni yuqoridgi to'rtta tashkilot maqulladilar.
Tez kunlarda, yuqoridagi to'rtta tashkilot bilan hamkorlikda o'tkaziladigan turli xildagi axborotlar va loyihalar bilan Olamsport.comsaytida tanishib borasizlar.
"Olamsport.comsaytining qanday sifatda ish olib borishini yaxshi bilamiz. Shuning uchun tashkilot bilan hamkorlikda sportimizning qilichbozlik turini yanada ommalashtiramiz deb o'ylayman. Respublikamizda sportga yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalangan holda, bizning federatsiya ham o'z natijalarini yaxshilab borishga harakat qiladi. Bu borada OAVning roli katta ekanligini yaxshi bilamiz", - deydi Qilichbozlik federatsiyasi raisi o'rinbosari Xumoyun Ibragimov.




