Olamsport.com: Breaking news. Mariya Sharapovadan doping topishdi

Narzulla Saydullayev
8 mar 2016, 10:18
Sayyoramizning sobiq birinchi raqamli tennis malikasi rossiyalik Mariya Sharapovaning qon tarkibida taqiqlangan modda borligi aniqlandi.

Bu haqida tennischining o'zi AQSHda tashkil etilgan maxsus matbuot anjumanida xabar berdi.

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) Sharapovaga maktub yo'llab, Australian Open musobaqasi doirasida undan olingan doping-tahlil natijasi salbiy natija berganini ma'lum qilgan. Mariyaning o'zi bir necha yil mobaynida mildronat nomli preparat istemol qilganligini tan olgan.

Bu modda 2016 yildan Xalqaro antidoping (WADA) tashkiloti tomonidan taqiqlangan preparatlar qatoriga kiritilgan. Shuningdek, Sharapova unga taqiqlangan moddalar ro'yxatini jo'natishgani, lekin unga qaramaganligini ham qo'shimcha qildi. 

Qolgan xabarlar bilan Olamsport.com saytida tanishib olish mumkin. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com