

Malayziyaning Penang shahrida bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatiga federatsiya raisi o'rinbosari Shahrillo Mahmudov birgina sportchini olib ketdi. (U kishining o'zi chempionat oldidan o'tkazilgan Xalqaro Osiyo og'ir atletika federatsiyasi ijroiya qo'mitasi yig'ilishi va Kongressida qatnashdi. Yoshlar va o'smirlar terma jamoamizning to'liq tarkibi esa boshqa bir mas'uliyatli musobaqa – noyabr oyida Yaponiyada tashkil etiladigan qita chempionatiga hozirlik ko'ryapti.)
Muhimi shuki, ishonch bildirilgan sportchimiz o'zini yuksak darajada oqladi. Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanida tug'ilib o'sgan Adhamjon Ergashev II o'smirlar Olimpiya o'yinlari va yoshlar (o'zidan 2-3 yosh kattalar) o'rtasidagi jahon chempionati sovrindori xisoblanadi.
Maqolaning to'liq qismini olamsport.com saytida o'qish mumkin.



