

"Mirror" xabariga ko'ra, Tyago Alkantaraning transferidan keyin Aleksga o'yin amaliyoti taqdim etilmasligi mumkin. Shu sababdan Aleks boshqa jamoa tarkibida o'ynamoqchi.
Oksleyd-Chemberlen 2017 yili "Arsenal"dan "Liverpul"ga o'tgandi. Shu davr mobaynida Aleks "qizillar" tarkibida 87 o'yinda 13 gol va 10 assist qayd etdi. Uning transfer narxi 28 mln evroga baholanmoqda.



