Oksleyd-Chemberlen JCH-2014da ishtirok etishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
9 may 2014
"Arsenal" futbolsimi Aleks Oksleyd-Chemberlen Braziliyadagi jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin.

Angliya terma jamoasi a'zosining tiklanish jarayoni ko'ngildagidek ketmoqda. U APL doirasidagi so'nggi turni o'tkazib yuboradi. Lekin, Angliya kubogi finalida "Xall"ga qarshi o'yingacha tuzalishi mumkin.

JCH-2014 o'yinlarigacha esa jarohatidan to'liq forig' bo'ladi.

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson futbolchini Braziliyaga boradigan 23 talik tarkibga kiritishi kutilmoqda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru