Oksled-Chemberlen va Uilshir JCH-2014ga qadar safga qaytishadi
Narzulla Saydullayev
2 may 2014, 18:20
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya terma jamoasi a'zosi Aleks Oksled-Chemberlen va Jek Uilshir JCH-2014ga qadar o'z formalarini tiklab olishlarini aytib o'tdi.
Uilshir jarohatidan tuzalishda davom etmoqda. U mart oyida Daniya bilan o'yinda jarohat olgandi, Oksled-Chemberlen esa mashg'ulotlarga qaytishga yaqin.