OKMK bosh direktori: "Jamoamiz uchun muvaffaqiyatli qur'a bo'ldi, deb o'ylayman"

Iskandarov Abdulaziz
24 avg 2023, 16:33
OKMK jamoasi OCHL guruh bosqichida "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni), "Eyr-Fors" (Iroq), "Sepaxon" (Eron) jamoalari bilan bir kvartetdan o'rin oldi.

OKMK jamoasi OCHL guruh bosqichida "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni), "Eyr-Fors" (Iroq), "Sepaxon" (Eron) jamoalari bilan bir kvartetdan o'rin oldi. 

Klub bosh direktori Bahodir Mirzaev qur'a yakunlari bo'yicha fikrlarin bildirdi. 

"OKMK jamoasi musobaqa guruh bosqichiga yo'llanma oldi. Bungacha biz "Al Arabi"ni mag'lubiyatga uchratgan edik. O'ylaymanki, bu o'zbek futboli uchun katta bayram. Bilamiz, "Al Ittihod" tarkibida eng mashhur yulduzlar to'p tepadi. Karim Benzema, Ngolo Kante va hokazo. Hozirdanoq qo'ng'iroqlar kela boshladi. O'yinni qanday muhitda o'tishini tasavvur qilavering. OKMK jamoasi uchun muvaffaqiyatli qur'a bo'ldi, deb o'ylayman. "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni), "Eyr-Fors" (Iroq), "Sepaxon" (Eron) jamoalari bilan guruhda bemalol ishtirok etib, keyingi bosqichga yo'llanma olishadi. Murabbiylar, futbolchilarga hammaga omad tilagan holda aytamanki, OKMK jamoasi OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qiladi",- deydi Bahodir Mirzaev. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати