Okampos - La Ligada ketma-ket 5ta o'yinda gol urgan ikkinchi "Sevilya" futbolchisi

Alisher
12 iyun 2020, 10:45
"Sevilya" yarim himoyachisi Lukas Okambos kecha Ispaniya chempionati doirasidagi "Betis" (2:0)ga qarshi o'yinda gol urdi.

Argentinalik futbolchi 9 yil ichida "Sevilya" libosida La Liganing ketma-ket 5ta o'yinida gol urgan ilk futbolchi bo'ldi.

Bundan oldin forvard Alvaro Negredo ketma-ket 5ta o'yinda gol urishni uddalagan edi.

Eslatib o'tamiz, "Sevilya" Okamposni o'tgan yozda "Marsel"dan xarid qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Opta