Okampos Bundesligaga ko'chib o'tishi mumkin

11 apr 2020, 08:50
Lukasning xizmatlariga Germaniyadan qiziqish bor.

“Sevilya”ning hujumkor yarim himoyachisi Lukas Okamposning xizmatlariga Dortmundning “Borussiya”si jiddiy qiziqish bildirmoqda. Nemis klubi Okamposni yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda.

25 yoshli Lukas 2019 yil yozida 15 mln evro evaziga “Marsel”dan sotib olingandi. Unga qadar esa futbolchi “River Pleyt”, “Monako”, “Jenoa” hamda “Milan” klublarida to'p tepishga ulgurgan.

Joriy mavsum futbolchi “Sevilya” safida 22 ta o'yinda qatnashib, 10 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild.de